HADISSHUNOSLIK-HADIS ILMI BO'YICHA ONLINE TALIM
Boshlanish Vaqti — 5 августа
Kurs Davomiyligi 8 Oyga Mo'ljallangan
Talim materiallari 20 ta video darsdan iborat.
Har bir darsning davomiyligi — 25 daqiqa
Haftada 1 marta jonli Vebinar

Hadisshunoslik-Hadis ilmi Haqida:
Bu Rasululloh ﷺ sunnatini to‘g‘ri anglash, ishonchli manbalar bilan tanishish va hadis ilmlarini puxta o‘rganishni xohlagan barcha izlanuchilar uchun tashkil etilgan ilmiy onlayn markazdir.

Akademiyaning asosiy maqsadi — Sunnatni asl manbalaridan o‘rgatish, hadislarning to‘g‘riligini baholash qoidalarini tushuntirish va mustahkam ilmiy asos yaratish.

Akademiya darslari asosan “Hadis istilohlari (مصطلح الحديث)”, ya’ni hadisning sahih yoki zaif bo‘lishini belgilovchi mezonlar, sanad va matn tahlili, roviylarning adolati (roviyining dindorligi, taqvosi va axloqan ishonchli bo‘lishi) va zabti (roviyining eshitgan hadisini aniq yodlab saqlashi va uni xatosiz rivoyat qila olish qobiliyati), jarh va ta’dil (roviylarni tanqid va tasdiqlash ilmi) , hadis turlari hamda hadis ilmlarining asosiy qoidalariga bag‘ishlanadi. Darslar eng ishonchli manbalar, xususan, Shayx Mahmud at-Tahhānning mashhur “Taysīr Mustalah al-Hadith” kitobi asosida olib boriladi.
Hadisshunoslik Talim mazmuni:

  • Maqsadimiz — bu ilmni hammaga tushunarli, sodda va ishonchli qilib yetkazish. Darslar bosqichma-bosqich, osondan murakkabga tamoyili asosida olib boriladi.
  • Hadislarning toifalari: Sahih, Hasan va Zaif. Zaif hadisni sahih hadislerden ajratish.
  • Eng mashhur hadis manbalari bilan tanishish.
  • Har dars uchun qo‘shimcha İlmiy izohlar va Misollar.
  • "Sahih al Buxoriy" va Sahih Muslim"ning qabul mezonlari, qaysi hadisler eng sahih darajada ekanligi, ikki muhaddis metodining o'zaro fargi va o'xshashliklari izohlanadi.
  • Asosiy manbalar bilan ishlash. Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud kabi kutublar bilan ishlash, manbalarda hadisni tapish.
  • Haftada 2 marotaba jonli darslarda ustozga savollar berish va mazmunlarni muhokama qilish imkoniyati.
Darslar yakunida qanday amaliy tajribaga ega bo'lasiz ?
  • Hadis istilohlarini to‘g‘ri tushunish va qo‘llash
  • Hadis sanadlarini tahlil qilish malakasi
  • Roviylarni baholash (jarh va ta‘dil) asoslarini anglash

  • Hadislar darajasini mustaqil aniqlashga kirishish
  • Fiqhiy va aqidaviy masalalarda hadisdan foydalanish madaniyati
  • Hadis ilmi manbalarini o‘qish va tushunishga tayyorgarlik
HADİSSHUNOSLIK
Boshlanish Vaqti — 15 Yanvar.

Video darslar, PDF qo'llanmalar, jonli vebinarlar,
ustoz nazorati.
1 bosqich
Mustalah al-Hadīs (Asosiy tayanch bosqich)

Asosiy manbalar:
  • Shayx Muhammad Tahhān — Taysīr Mustalah al-Hadīs
  • Taysīr al-Mustalah al-Hadīs
Mazmuni:
  • Hadis, sunnat, khabar, asar tushunchalari
  • Sanad va matn
  • Sahih, hasan, zaif hadislar
  • Hadis turlari (marfū‘, mawqūf, maqtū‘ va boshqalar)
 Bosqich natijasi:
Talaba hadis istilohlarini to‘g‘ri tushunadigan va hadisga ilmiy yondasha oladigan darajaga yetadi.




2 bosqich
40 Hadīs an-Nawawī (Yodlash va tushunish bosqichi)

Asosiy kitob:
Al-Arba‘īn an-Nawawiyya

Mazmuni:
  • 40 hadisni yodlash
  • Har bir hadisga qisqa sharh va ishoralar
  • Hadislarning fiqhiy va axloqiy xulosalari
 Bosqich natijasi:
Talaba asosiy hadislarni yoddan biladi va ularning umumiy ma’nosini tushunadi.

3 bosqich
Sahīh al-Bukhārī (Tanlangan hadislar tahlili)

 Asosiy manba:
Sahīh al-Bukhārī

Mazmuni:
  • Tanlangan sahih hadislar
  • Sanad va matnning soddalashtirilgan tahlili
  • Hadisdan chiqariladigan fiqhiy va tarbiyaviy natijalar
 Bosqich natijasi:
Talaba sahih hadis bilan ilmiy muomala qilishni o‘rganadi va hadisni to‘g‘ri tushunishga odatlanadi.

4 bosqich
 ʿIlm at-Takhrīj al-Hadīs (Yakuniy amaliy bosqich)

 Mazmuni:
  • Hadisni manbalaridan izlab topish
  • Hadis darajasini aniqlashda foydalaniladigan yo‘llar
  • Kutub as-sitta bilan tanishish (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud) Zamonaviy manbalar bilan ishlash asoslari
 Bosqich natijasi:
Talaba hadisni tekshirish madaniyatiga ega bo‘ladi va noto‘g‘ri hadislarni tarqatishdan saqlanadi.

Kurs Muallifi Haqida:
TOHIR ABDULG'ANI ABDULLOH
Akademiya asoschisi va kuratori
Men 1975-yil O‘zbekistonda dunyoga keldim. 16 yoshimda “Ma’rifat” madrasasida diniy ta’lim oldim.
1995-yilda Saudiya Arabistoni Madinadagi Islom Universitetiga o‘qishga qabul qilindim. Dastlab Arab tili va Filologiyasi institutining ikki yillik dasturini muvaffaqiyatli tugatdim. Undan keyin 6 yil shu universitetning Hadis fakultetida tahsil olib, hadis ilmi bo‘yicha chuqur ixtisoslashdim.
2003-yilda O‘zbekistonga qaytib, Mulla Abdug‘affor Haji masjidida imam-xatib lavozimida faoliyat boshladim.
2006-yilda Toshkent shahri, Mulla Holmurod Ota masjidiga imam-xatib etib tayinlandim va ushbu masjidda bir necha yil xizmat qildim.
2010-yil oxirlarida ilmiy faoliyatni davom ettirish maqsadida Misr Arab Respublikasiga ko‘chdim. Qohirada joylashgan Arab Davlatlari Ligasi huzuridagi Ilmiy Tadqiqotlar Institutida o‘qib, qadimiy qo‘lyozmalarni tahqiq qilish yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturini tamomladim.
2013-yilda Turkiyaning Istanbul shahriga ko‘chib kelib, 2014-yildan boshlab Orta Osiyo Madaniyat va Ta’lim Markazida rahbar lavozimida faoliyat yuritdim.
2017-yilda Istanbulda Sayhun Ta’lim va Madaniyat Markaziga asos soldim. Shu maskanda Registon TV kanalining poydevori qo‘yildi. Registon TV diniy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy mavzularda ixtisoslashgan.
2019-yilda masofaviy ta’lim asosida faoliyat yurituvchi Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasiga asos solindi. Akademiyani tashkil etish va rivojlantirish jarayonida asosiy tashkiliy rahbar sifatida faoliyat olib bordim.

Hozirgi kunda Registon TV, Sayhun Ta’lim va Madaniyat Markazi, hamda Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib kelmoqdaman.




Ta'lim Jarayonida O'qiladigan Kitoplar
Kursdan so‘ng siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
  • Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat taqdim etiladi.
  • Imom Navaviyning “Arba‘in
    an-Navaviyya” (40 hadis) kitobini yod olish.
  • Hadis ilmining asosiy qoidalari va hadislarni baholash ko‘nikmasi shakllantiriladi.
KURS QANDAY O'TILADI
Ariza Yuboring
Kursga ro'yxatdan o'tish uchun ariza formasini to'ldiring.
Kurs to'lovini amalga oshiring
Kurs narxi tanlangan ta'lim shakliga bog'liq.
Ta'limni Boshlang
Barcha dars materiallari, video darslar va ma'ruzalar Telegram kanalimiz orqali muntazam ravishda taqdim etiladi.
Darslar qanday o'tiladi?
Siz dars materiallarini o‘rganasiz, vazifalarni bajarasiz
va ustoz tomonidan berilgan savollarga javob berasiz.

Kurs davomida ustoz bilan jonli vebinarlar o‘tkaziladi,
savol-javoblar va muhokamalar tashkil etiladi.
Kurs yakuni va Sertifikat
Kurs yakunida talabalar yakuniy imtihondan o‘tkaziladi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga
IMOM ABU HANIFA XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
HADISSHUNOSLIK bo‘limining rasmiy SERTIFIKATI taqdim etiladi.
Coworking Plans
Spend some time working in one of the best and coziest places in the city
Kursga ro'yxatdan o'ting
Kursning boshlanish sanasi — 5 Yanvar
Нажимая «Отправить», вы соглашаетесь с нашей политикой конфиденциальности
Foydali darslar va yangiliklar uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Instagram
Made on
Tilda